«Arsenal»O‘zil bilan shartnomani uzaytiradi, Sanches mavsum tugagach erkin agent sifatida ketadi

Sport 12:41 / 13.08.2017 6103

Shartnomasi tugashiga bir yil qolgan «Arsenal» yarimhimoyachisi Mesut O‘zil tez orada klub bilan yangi shartnomaga qo‘l qo‘yadi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, 28 yoshli nemis futbolchisi londonliklar bilan haftasiga 300 ming funt sterlingdan iborat yangi shartnoma tuzadi.

Hozircha klub hujumchisi Aleksis Sanches 2018 yil iyulda nihoyasiga yetadigan shartnomasidan keyin «Arsenal»ni tark etadi va katta ehtimol bilan «Manchester Siti» (tekinga) o‘tadi.

Ko‘proq yangiliklar: