Arab davlatlari Qatardagi AQSh kompaniyalarining manfaatlari poymol etilmasligiga va'da berdilar

Jahon 20:53 / 13.08.2017 4786

Qatarga boykot e'lon qilgan 4 arab davlati AQShga Doha bilan biznes olib boradigan AQSh kompaniyalari manfaatlari poymol etilmasligini aytdilar. Bu haqda vaziyatdan xabardor 4 ta manbaga iqtisob qeltirgan holda “Reyter” axborot agentligi xabar bermoqda.  

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, 4 arab davlati iyulda AQSh davlat kotibi Reks Tillersonga ular bilan ham, Doha bilan ham biznes olib boradigan AQSh kompaniyalari manfaatlari Qatarning boykot qilinishi doirasida poymol etilmasligi aytilgan maktub jo‘natishgan. Agentlikka Yevropa Ittifoqining BAAdagi delegatsiyasi aytishicha, YeI ham Abu-Dabidan shunga o‘xshash “og‘zaki va'dalar” olgan.

Maktubda aytilishicha, 4 arab davlati AQSh kompaniyalari bilan aloqalarni qadrlashlari va ularni qo‘llab-quvvatlashlari hamda Qatarning boykot qilinishi bu aloqalarga ta'sir qilmasligini aytganlar. Manbalardan birining aytishicha, AQSh kompaniyasi Qatar atrofidagi inqiroz sababli noqulay sharoitlarga qo‘yilgan birorta holat yuz bergani haqida hech narsa ma'lum emas.

AQShning Abu-Dabidagi elchixonasi ham, arab davlatlari vakillari ham bu ma'lumotga izoh berishmagan.

Ko‘proq yangiliklar: