Yaponcha "O‘rmon yomg‘iri" usuli kishini tushkunlikdan qutqaradi

Light 18:19 / 13.08.2017 9617

EPA kuzatuvchilari o‘tkazgan ijtimoiy so‘rovnomasiga ko‘ra, AQSh fuqarolarining 93% haftaning deyarli barcha kunlari diqqinafas xona ichida ko‘p vaqtini o‘tkazadi. Bu natija inson sog‘lig‘iga salbiy ta'sir o‘tkazuvchi asosiy omillardan biri nima ekanligini aniq ko‘rsatib bermoqda. So‘nggi marta siz qachon o‘rmon tabiatida bo‘ldingiz?

Gap shundaki, yapon madaniyatida "shinrin-yoku" ("O‘rmon yomg‘iri" degan ma'noda) atamasi bilan nomlanuvchi meditatsiya jarayoni inson o‘zini baxtli his etish yordam berar ekan. Soddaroq qilib tushuntirgada, bu ko‘k daraxtlar qurshovida, yovvoyi tabiat ovozi kelib turgan o‘rmon maskanlarida vaqt o‘tkazish bilan barobar bo‘ladi.

"O‘rmon tabiatida 15 daqiqa vaqt sarflagan kishi tushkunlik va g‘amdan uzoq bo‘la boshlaydi. Bu meditatsiya turi yurak kasalliklarining keskin kamayishiga olib keladi", deydi Oklend shifoxonasi shifokori Nushin Razoni.

"O‘rmon daraxtlari qurshovida bo‘lish - insoniyatga tabiat bilan bir butun jism ekanligimizni his etishga yordam beradi. Axir, biz atrofimizni qurshab turgan tabiat bilan oshufta qalb egalarimiz, uni tushunishga harakat qilish kishiga zavq bag‘ishlaydi", deb fikr bildirgan San-Frantsiskodagi "O‘rmon yomg‘iri" klubi asoschisi Juliya Plevin.

Ko‘proq yangiliklar: