AQSh tarixidagi eng qimmat uy qancha turadi

Jahon 10:57 / 13.08.2017 19800

AQSh tarixidagi eng qimmat uy sotuvga qo‘yildi. Uning narxi 350 mln dollarni tashkil qiladi. Bel-Eyr deb nomlangan bu uyning bosh imorati 1933 yilda qurilgan. Uy milliarder Endryu Jyerrold Perenchioga tegishli bo‘lgan. Los-Anjyelesda joylashgan uy uning egasi 86 yoshida vafot etgandan bir necha oy o‘tib avgust boshida sotuvga qo‘yildi.

Uy dizayni fransuz neoklassikasi uslubida arxitektor Samner Spolding tomonidan bajarilgan. Uyning maydoni 2,3 ming kvadrat metrni tashkil qiladi. Perenchio uyni sotib olgandan keyin shaxsan o‘zi dizayner Genri Samuel bilan birga uni restavratsiya qilish ishlariga boshchilik qilgan. Uyni “Beverli-xillzlik qishloqlik” serialida ko‘rish mumkin.

Uyda bosh imoratdan tashqari, mehmonlar uchun kottej, tennis korti, 40 ta mashinaga mo‘ljallangan usti yopiq avtoturargoh va suv havzasi mavjud. Uy shuningdek ko‘chaning narigi betida joylashgan, AQShning sobiq prezidenti Ronald Reyganning uyi hisobiga kengaytirilgan. Perenchio bu uyni 2016 yil iyunda 15 mln dollarga sotib olgandi.

Ko‘proq yangiliklar: