21 avgustda Quyosh tutilishi yuz beradi: hayvonlar o‘zini qanday tutadi?

Jahon 12:30 / 13.08.2017 33935

Avgust oyining 21 sanasida Yer sharining g‘arbiy qismida to‘liq Quyosh tutilishi hodisasini kuzatish mumkin bo‘ladi. Ko‘pchilikni qiziqtiruvchi va tabiatan kam uchraydigan voqea insoniyat uchun jumboqli savollarga ham javob berishi mumkin. Masalan, hayvonlar kun yorug‘ida birdan qorong‘ulikning paydo bo‘lishida, havo haroratining tushib ketganda qanday harakatlanadi?

Tadqiqotchilar Quyosh tutilishi paytlarida o‘zini noodatiy tutib kelgan primat maymunlari, jiraffa, fil, reptilyalar hamda qushlarning ayrim turlarini kuzatishni rejalashtirmoqda. "Bu juda qiziq vaziyat, aslida jirafa quyoshdan ta'sir olib, hayot kechiruvchi jonzot bo‘lib, Quyosh nuri va yorug‘ligi yo‘qolib qolsa, u o‘zini qanday tutishini hali bilmaymiz", deydi zoolog olim Harstoun Rouz. Uning aytishicha, ayrim hayvonlar tovushini oshirishi, shovqin qilishi, yana boshqalari uyquga tayyorgarlik ko‘rishi mumkin. Shu bilan birga bir necha jonzotlar uchun bu noyob hodisa emas.

Uzoq yillik kuzatuvlar natijasida, qushlarning bunday vaziyatda sayramasligi, harakatdagi chumolilar esa barcha yumushini tark etib, joyidan siljimaydi. "Yangi Angliya jism tutilishi tabiati qo‘mitasi” (NEEBC) chop etgan hisobotlarda yozilishicha, qushlar Quyosh yorug‘ligi va nuri birdan yo‘qolib qolgan payt uyasiga qaytishni o‘ylaydi. Begemot suv ostida yashirinib, turli ovozlar chiqarishni boshlaydi. Arilar to‘dasining g‘o‘ng‘illagan shovqini yo‘qolib qolib, kapalaklar ko‘rinmaydi.

Tez orada yuz berishi kutilayotgan Quyosh tutilishi davomida ham kuzatuvchilar hayvonlarning ko‘plab yangi harakatlarini o‘rganishni rejalashtirgan.

Ko‘proq yangiliklar: