Yunusobodda “Neksiya” va “Lasetti Jyentra” ishtirokida jiddiy YTH yuz berdi

Jamiyat 18:44 / 12.08.2017 26544

12 avgust kuni soat taxminan 14:30lar atrofida poytaxtning Yunusobod tumanidagi Bog‘ishamol ko‘chasida “Lasetti Jyentra” va “Neksiya” avtomobillari ishtirokida jiddiy yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Facebook ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarining yozishicha, “Jyentra” haydovchisi yon tomondan harakatlanayotgan yuk mashinasini quvib o‘tmoqchi bo‘lib, “Neksiya” bilan to‘qnashib ketgan.
 
Fotosuratdan ko‘rish mumkinki, to‘qnashuv natijasida “Neksiya” juda jiddiy zarar ko‘rgan.
 
Xabar qilinishicha, “Neksiya” haydovchisiga YTH joyida tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hodisa oqibatida boshqa yana kimdir jabrlangani noma'lum.

Ko‘proq yangiliklar: