Toshkentda jinoyatchi ayol o‘g‘rilik sodir etayotgan joyida qo‘lga olindi

Jamiyat 12:17 / 12.08.2017 11550

2017 yilning 8 avgust kuni taxminan soat 08:00larda muqaddam sudlangan Matluba Aminova o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Chilonzor tumanida joylashgan “Abu-Saxiy” gipermarketining do‘konida bo‘la turib, shu yerda fuqaro Shirin Furqatova (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) chalg‘iganligidan foydalanib, uning 500.000 so‘m pullarini o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan vaqtida jinoyat joyida ushlangan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 25,169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlikka suiqasd qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: