Polshada kuchli bo‘ron sababli 4 kishi halok bo‘ldi

Jamiyat 19:10 / 12.08.2017 3464

11 avgustdan 12 avgustga o‘tar kechasi Polsha hukumat xavfsizlik markazi mamlakatda kuchli bo‘ron sababli 4 kishi halok bo‘lgani, 36 kishi jarohat olganini ma'lum qilgan.

Markaz matbuot kotibi Bojyena Vysotskayaning aytishicha, eng murakkab vaziyat Pomore voyevodaligida yuzaga kelgan. Aynan shu yerda tabiiy fojia qurbonlari yashashgan.

Ma'lum qilinishicha, kuchli shamol va singan daraxtlar elektr uzatish liniyalari va transformator podstansiyalariga shikast yetkazgan. Ko‘plab aholi punktlari elektr energiyasiz qolgan. 

Ob-havo mutaxassislari Polshada bo‘ron davom etishidan ogohlantirishmoqda. Bir necha voyevodaliklar bu haqda ogohlantirishlar olgan. 

Ko‘proq yangiliklar: