Polshada ikki qavatli avtobus ag‘darilib ketdi

Jahon 23:56 / 12.08.2017 3469

Polshada Varshava-Jyeshuv yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan ikki qavatli yo‘lovchi avtobusi yo‘l chetidagi ustunga tegib, yo‘l chetiga chiqib ketgan va yon boshiga ag‘darilgan. Yo‘l-transport hodisasi Tarnobjyeg shahri yaqinida yuz bergan.

Voqea joyiga tez tibbiy yordam mashinalari va qutqaruv vertolyoti yetib kelgan. Avtobus ichida kamida 85 yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan 30 nafari turli og‘irlikdagi jarohatlar olgan. 7 nafar yo‘lovchi og‘ir holatda shifoxonaga olib ketilgan. 

YTHning aniq sababi o‘rnatilmoqda. Haydovchi mast holda bo‘lmagan va rul ortida uxlab qolmagan.

Guvohlarning aytishicha, avariyadan biroz avval haydovchi g‘ildiraklardan birini almashtirgan. Voqea yuz berishidan bir soniya avval avtobusning yangi g‘ildirak o‘rnatilgan tomonidagi pastki qismidan shovqin va qasir-qusur ovoz chiqqan.

Ko‘proq yangiliklar: