Misrlik amaldor poyezdlar to‘qnashuvida halok bo‘lganlar jasadlarini ko‘rgach yuragi dosh berolmadi

Jamiyat 19:20 / 12.08.2017 25777

Misr transport vazirligi xodimi 11 avgust kuni Misrning Iskandariya shahri yaqinida ikkita poyezd to‘qnashuvida halok bo‘lganlar jasadlarini ko‘zdan kechirayotganda yurak xurujidan vafot etdi. Bu haqda “Masravi” nashri xabar bermoqda. 

“Maslahatchi Mustafo Said jasadlarni ko‘zdan kechirishni ko‘tara olmay, birdan yiqilib tushdi va shu zahoti jon berdi», deb aytgan OAVga transport vaziri yordamchisi.

Qohiradan va Port-Saiddan kelayotgan poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi va 170 dan ko‘proq odam jarohatlandi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, fojiaga semaforchi xatosi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: