Keniyadagi saylovlardan so‘ng yuz bergan namoyishlar davomida bir necha kishi o‘ldirildi

Jahon 17:35 / 12.08.2017 4576

Keniyadagi saylovlardan so‘ng yuz bergan norozilik namoyishlari davomida kamida uch kishi o‘ldirildi, deb xabar bermoqda Associated Press.

Politsiyaning agentlikka xabar berishicha, ikki kishi Kisumu shahrida otib tashlangan. Bu yerda muxolifatning kuchli qo‘llab-quvvatlovi bor. 

Shuningdek Nayrobida yashovchi erkakning AP’ga ma'lum qilishicha, uning 9 yoshli qizi daydi o‘q qurboniga aylangan. «Men u do‘stlari bilan o‘ynayotganida, tasodifan yerga yiqilganiga guvoh bo‘ldim», - dedi u.

Otaning so‘zlariga ko‘ra, qizi ko‘chada to‘qnashuvlar boshlaganida, uchinchi qavatdagi balkonda bo‘lgan.

Avvalroq bombada portlagan sirtlon Keniyadagi saylovlarni qutqarib qolgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: