Ilon Mask KXDRdan ham xavfliroq tahdid haqida ma'lum qildi

Jamiyat 13:01 / 12.08.2017 26898

SpaceX va Tesla kompaniyalari asoschisi Ilon Maskning o‘z tvitterida ma'lum qilishicha, kishilar Shimoliy Koreyaga qaraganda ko‘proq sun'iy idrokdan xavotirlanishlari lozim.

«Agarda siz sun'iy idrok tufayli xavotirga tushmagan bo‘lsangiz, bekorga. Bu Shimoliy Koreyadan ham kattaroq xatar», - deya yozdi u.

Shu tariqa, u o‘zi tomonidan tashkil etilgan OpenAI tadqiqotchilik laboratoriyasini eslab o‘tgan.

Mask bir necha bor sun'iy idroklarni tartibga solish haqida ma'lum qilgan, sababi, uning fikricha, bu soha juda tezlik bilan rivojlanib bormoqda, hamda masalaga vaqtida e'tibor qaratilmasa, keyin kech bo‘ladi.

Uning fikricha, qandaydir choralarning qabul qilinmasligi insoniyatga tahdid uyg‘otadi.

Mask mart oyida Neuralink loyihasini ishga tushirdi, u inson miyasi va sun'iy idrokni maxsus implantatlar yordamida bog‘lashga harakat qiladi. Biznesmenning umid qilishicha, bu sun'iy idrokni nazoratda ushlab turishning bir usuliga aylanadi.

Ko‘proq yangiliklar: