Chili sohillarida zilzila yuz berdi

Jamiyat 19:11 / 12.08.2017 4201

Chili sohillarida 5,5 magnitudali zilzila yuz berdi, deb xabar qilmoqda Yevropa O‘rta Yer dengizi seysmologiya markazi.

Yer osti silkinishlari UTC vaqti bilan soat 12.54 (Toshkent vaqti bilan soat 17.45)da Kokimbo shahridan 95 kilometr g‘arbda va mamlakat poytaxti Santyagodan 395 kilometr masofada ro‘y bergan. Zilzila o‘chog‘i 10 kilometrlik yer tubida joylashgani aytilmoqda.

Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida xabarlar hozircha yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: