«Bu APL, bolakay!» Dastlabki uchrashuvda 7ta gol kiritildi (Video)

Sport 08:13 / 12.08.2017 23695

Angliya premer-ligasining 2017/2018 yilgi mavsumini boshlab bergan «Arsenal» va «Lester» jamolari uchrashuvi gollarga boy tarzda o‘tdi.

Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq «Arsenal» yangi futbolchisi Aleksandr Lyakazett hisobni ochgan bo‘lsa, uch daqiqa o‘tar-o‘tmas Shinji Okazaki hisobni tenglashtirgandi. Keyin Vardi mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim so‘nggida esa Deni Uelbek farqni yo‘qqa chiqardi. Ikkinchi bo‘limda Vardining dubli evaziga «Lester» hisobda yana oldinga chiqib olgandi. Biroq so‘nggi daqiqalarda zaxiradan maydonga chiqarilgan Venger shogirdlari Aaron Remzi va Olive Jiru tomonidan kiritilgan gollar «Arsenal»ga g‘alaba keltirdi va jamoa yangi mavsumda ilk uch ochkosini qo‘lga kiritdi.

Angliya premer-ligasi, 1-tur
Arsenal – Lester 4:3
 (2:2)
Gollar: Lyakazett (2), Uelbek (45), Remzi (83), Jiru (85) – Okazaki (5), Vardi (29, 56).
Arsenal: Chex, Monreal, Kolashinats, Belerin, Xolding (Jiru, 67), Oksleyd-Chemberlen, En-Nenni (Remzi, 67), Chaka, O‘zil, Uelbek (Uolkott, 75), Lyakazett.
Lester: Shmeyxel, Morgan, Fuks, Simpson, Maguayr, Marez, Ndidi, Jyeyms (Iheanacho, 82), Olbrayton (Grey, 88), Okazaki (Amarti, 72), Vardi.Z
Ogohlantirish: Morgan (90+4)

Ko‘proq yangiliklar: