Andijon futboli qachon rivojlanadi?

Sport 21:36 / 12.08.2017 8767

XPKning Andijon viloyatida tashkil etilgan sayyor sessiyasida viloyat futbolini rivojlantirish masalasi ham e'tibordan chetda qolmadi. Aholi vakillari viloyat futbol jamoasi moddiy-texnik bazasini yaxshilash borasida qanday ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, futbol muxlislariga qulaylik barpo etish maqsadida o‘yinlarni kechki vaqtga belgilash qachon amalga oshiriladi va qachon viloyat jamoasi katta maydonlarga chiqadi, kabi savollar bilan murojaat qilishgan.

“Futbol masalasida, o‘zimizning, Andijon futbolini rivojlantirish, Andijon yoshlaridan jamoa tuzish degan narsa umuman mavzudan chiqib ketgan. Necha yillar mobaynida chetdan futbolchi olib kelishib, mlrd-mlrd mablag‘ sarflab, qandaydir ma'lum muddatga obro‘ qozonishgan, yutd-yutdi qilib. Ammo, negizida Andijonning birorta futbolchisi yo‘q. Vaholanki, viloyatda futbol akademiyasi bor. Futbol maktablari bor. Ammo o‘yinchi yo‘q. Menga murojaat qilishadi, falonchi murabbiy yoki o‘yinchini olib kelsang, bunday natija bo‘ladi, deb aytishadi. Ammo 3-4 yillik natijadan keyin yana ahvol shu bo‘lsa, mahalliy futbol rivojlanmasa, nma qilamiz o‘zimiznii aldab, milliardlab mablag‘ni sovurib”, - dedi Andijon viloyati hokimi. 

Bu masalaga qo‘shimcha qilgan viloyat futbol federatsiyasi birinchi vitse-prezidentining aytishicha, shu paytga qadar asosiy e'tibor viloyat jamoasini oliy ligada saqlab qolishga qaratilgan. Uning aytishicha, bugungi kunda viloyat futbolini 2017-2021 yillarda rivojlantirish bo‘yicha dastur mavjud. Viloyat futboliga bosh mas'ulning e'tirof etishicha, respublikaning “Bunyodkor”,”Paxtakor”, “Nasaf” jamoalari yosh va iqtidorli futbolchilarni tanlab olish, ya'ni seleksiya ishlariga jiddiy yondashiladi. Shu boisdan ham respublikadagi yetakchi klublar har birlarining akademiyalarida asli andijonlik, ammo o‘sha klublar sharafini himoya qilayotgan futbolchi yoshlar 5-6 nafarni tashkil etadi. Bugungi kunda ularni ham viloyatga qaytarish borasida ishlab olib borilmoqda”, - degan vitse-prezident. Shu bilan birga, viloyatdagi futbol murabbiylar tumanlarda yurib iqtidorlarni tanlash ishlarini olib bormoqda. 

Bu masalada moderator Sherzodxon Qudratxo‘jayev ham bu masalaga o‘z fikrini bildirar ekan, sohani rivojlantirish bo‘yicha bir necha yillar mobaynida mablag‘lar to‘g‘ri, joyiga sarflanganida kamida 10 ta jamoa eng kuchli klublarga aylanar edi.”Afsuski, bu sohada ham tanish-bilishchilik, poraxo‘rlik va byurokratiya avj olganini tan olish kerak. Bizlarda futbolda mulozimlar bor. Yaqinda Press-klubga taklif qildim. Yarmi keldi, yarmi kelmadi. Qancha gap-so‘z bo‘ldi. Mana avgust oyi, sentabr yaqinlashmoqda. Ko‘ramiz ular qanday natija ko‘rsatisharkan? Biz barcha sohalarda bo‘lgani kabi futbolda ham ishlaydigan tizim barpo etishimiz kerak”, - deya o‘z shaxsiy fikrlari bilan ham o‘rtoqlashdi XPK raisi Qudratxo‘jayev. 
 

Ko‘proq yangiliklar: