Filippinda kuchli zilzila yuz berdi

Jahon 12:00 / 11.08.2017 5761

Filippinning Luson oroli yaqinida 6,6 magnitudali zilzila yuz berdi, deb xabar qilmoqda Reuters.

Ta'kidlanishicha, yer osti silkinishlari mamlakat poytaxti Manilada ham sezilgan, shahardagi ofislar hamda maktablarda evakuatsiya ishlari olib borildi.

AQSh Geologiya xizmatining xabar berishicha, zilzila kuchi 6,2 magnitudani tashkil qilgan. U Toshkent vaqti bilan soat 8:28da yuz bergan.

Yer silkinishi o‘chog‘i 168 kilometrlik yer tubida joylashgani aytilmoqda. Ehtimoliy qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida xabar hozircha yo‘q.

Avvalroq Xitoydagi zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni oshayotgani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: