Aktyor Mel Gibson dang‘illama villasini sotuvga qo‘ydi (foto)

Jamiyat 09:58 / 11.08.2017 27791

Taniqli aktyor va kinorejissyor Mel Gibson Kosta-Rikada joylashgan Playya-Barrigona dang‘illama villasini ikkinchi marotaba sotuvga qo‘ydi.

Ma'lum qilinishicha, uchta uydan iborat Gibsonning villasi Kosta-Rika junglilarida joylashgan. Aktyor 7 yil avval ham uni sotishga uringandi, biroq uni Gibson so‘ragan 35 mln dollarga sotib olishga tayyor bo‘lgan xaridor topilmagan.

Bu gal aktyor villaning narxini tushirishga qaror qilgan va unga 30 mln dollar so‘ramoqda. Ta'kidlanishicha, maydoni 162 gektarni tashkil qiladigan villa aktyor tomondan u “Apokalipsis” filmini suratga olish uchun joy qidirayotganda sotib olingan. 

Villa 7 ta yotoqxona, 8 ta vannaxona, veranda, katta cho‘milish havzasi va dam olish hududidan iborat. 

Ko‘proq yangiliklar: