Olmaota shahri​ yaqinida samolyot qulab tushdi. Qurbonlar bor

Jahon 12:11 / 10.08.2017 18633

Bugun, 10 avgust kuni Qozog‘istonning Olmaota shahridan 43 km uzoqlikdagi Azem aerodromi yaqinda Tecnam 2002 havo kemasi qulab tushgan. Mahalliy vaqt bilan soat 09:53da qayd etilgan ko‘ngilsiz holat Fuqaro aviatsiya akademiyasi tomonidan o‘quv-mashg‘ulotlari olib borilayotgan paytida yuz berdi

Qozog‘iston Respublikasi Investitsiya va rivojlanish vazirligi Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi bergan ma'lumotga ko‘ra, halokat chog‘ida uchuvchi instruktor hamda kursant vafot etgan. Ayni paytda vazirlik huzuridagi Transportda yuz bergan hodisalarni o‘rganish departamenti dastlabki tergov ishlarni boshlagan.

Tecnam 2002 o‘quv samolyotining halokatiga nima sabab bo‘lgani rasman ochiqlangani yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: