Foto: Dibala «Yuventus»da Del Peroning raqamini oldi

Sport 09:31 / 10.08.2017 8779

«Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala yangi mavsumda yangi raqamda o‘ynaydigan bo‘ldi. Bu haqda turinliklar matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Argentinalik futbolchi endi 10-raqamli futbolkada harakat qiladi. Dibala o‘tgan mavsumda 21-raqam ostida o‘ynagandi. 

Pol Pogba «Manchester Yunayted»ga o‘tib ketganidan keyin «Yuventus»da bu raqam bo‘sh turgandi. O‘z vaqtida «keksa senora»ning 10-raqamli futbolkalarida Omar Sivori, Roberto Badjo, Mishel Platini, Alessandro Del Pero kabi futbolchilar o‘ynagan.

«Yuventus» mavsumning dastlabki uchrashuvini 19 avgust kuni «Kalyari»ga qarshi o‘tkazadi.

Ko‘proq yangiliklar: