Diplomatik pasport egalari Kuvaytga vizasiz boradigan bo‘ldi

O‘zbekiston 13:10 / 10.08.2017 5471

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston hukumati va Kuvayt hukumati o‘rtasidagi diplomatik pasportlar egalarining vizasiz borishi to‘g‘risidagi kelishuvni tasdiqladi.

Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 9 avgust kuni tegishli qarorni imzoladi.

Bundan tashqari, hujjat bilan ikki davlat hukumatining oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot sohasidagi hamkorligi to‘g‘risidagi kelishuvi tasdiqlandi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi ko‘rsatilgan xalqaro shartnomalarning kuchga kirishi uchun lozim bo‘lgan davlat ichidagi jarayonlarni bajargani haqida tegishli bildirishnoma yuborish vazifasi topshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: