Raqqada koalitsiya aviazarbasi oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi

Jahon 09:32 / 09.08.2017 3864

Suriyada AQSh boshchiligidagi g‘arb koalitsiyasining yangi aviazarbasi fojiali oqibatlarga olib keldi. Huquq himoyachilari ma'lumotlariga ko‘ra, Raqqaga berilgan zarba oqibatida tinch aholi orasidan 29 kishi halok bo‘lgan. Qurbonlardan yarmini bolalar tashkil qilgan. Bu haqda Suriyadagi inson huquqlariga amal qilinishi monitoring markaziga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

Qurbonlar orasida shuningdek Palmiradan Raqqaga kelgan oila a'zolari ham bor. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, qurbonlar soni jarohatlanganlarning ahvoli og‘ir  ekanligi sababli oshishi mumkin. 

IShID tomondan aholisi tirik qalqon sifatiida qo‘llanayotgan shahar shu hafta boshida ham havo hujumlariga uchragandi. 5 avgustda xalqaro kuchlar Raqqa atrofidagi aholi punktlariga zarba berishi oqibatida 43 kishi halok bo‘lgandi. Iyul oxirida esa koalitsiya aviazarbasi oqibatida 50 dan ko‘proq odam halok bo‘lgandi, 90 ga yaqin odam jarohat olgandi. 

2014 yil avgustidan boshlab amerikaliklar va ularning ittifoqdoshlari qiruvchi samolyotlari xatolari tufayli Iroq va Suriyada 600 dan ko‘proq odam halok bo‘lgan.

BMT ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda qamalda qolgan Raqqada 20 mingdan 50 minggacha tinch aholi bo‘lishi mumkin. 200 mingga yaqin kishi Raqqani tark etgan, biroq u yerda qolganlarga og‘ir kechmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: