Keniya prezidentlik saylovi yana qonli xunrezliklarga aylanib ketadimi?

Jahon 11:20 / 09.08.2017 4958

Kecha, 8 avgust kuni Keniyada o‘tkazilgan prezidentlik saylovida mag‘lub bo‘lgan nomzod Raila Odinga natijalardan norozi ekanini bildirgan. Mahalliy rahbariyat nomzodning bunday murojaati xalq orasida turfa ziddiyatlarni keltirib chiqarishi mumkinligidan xavotirda.

Raila bunday fikrni saylovchilarning deyarli so‘nggi chorak qismi ovoz berayotgan bir paytda, ya'ni umumiy ovozlarning 45 foizga yaqinini to‘plagan pallada bildirgan. Matbuot anjumani chog‘i u «ovozlar qalbakilashtirilayotganidan norozi» ekanini aytgan. Rasmiy natija hali e'lon qilinmagan bo‘lsa ham o‘tkazilgan prezidentlik saylovida uning Kenyattaning muvafaqqiyati e'tirof etilmoqda. 

Keniya qonunchiligiga ko‘ra, saylov o‘tkazilgan har bir uchastkada ovozlar soni hisoblab chiqilib, so‘ngra ular maxsus saylov natijalarini monitoring qilib boruvchi veb-saytga kiritiladi. Ammo, amaldagi davlat rahbariga o‘zini muxolifat, deb bilgan, Raila Odinga partiya agentlari orqali bu natijalar haqiqiy emasligini isbotlamoqchi bo‘lmoqda.

Odinga so‘nggi ikkita prezidentlik saylovlarida ham mag‘lub bo‘lgan, 2007 yildagi uning xalqqa murojaati va bugungi kunda bildirilayotgan fikrining o‘xshashi yangraganidan so‘ng, aholi orasida to‘s-to‘polon boshlanishiga sabab bo‘lgan edi. O‘sha paytda 1,200 nafardan ortiq kishi ko‘cha norozilik harakatlarida halok bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: