«Real» yana bir katta transferni amalga oshirmoqchi

Sport 12:02 / 08.08.2017 28664

«Real» yaqin vaqtlar ichida «Yuventus»ga argentinalik hujumchi Paulo Dibala transferini bo‘yicha taklif yo‘llaydi.

Tuttosport nashri xabariga ko‘ra, madridliklar klubi argentinalik 23 yoshli futbolchi uchun 85 million yevro va Mateo Kovachichni berishga tayyor.

Sky Sport xabariga ko‘ra, «Yuventus» Kovachichga qiziqish bildirgan. Bu 23 yoshli xorvatiyalik xavbek turinliklar short-listida.

«Yuventus» Paulo Dibala transferini 120 mln yevroga baholagan. Futbolchi bilan ayni vaqtda «Barselona» ham qiziqmoqda. Kataloniyaliklar uni Neymarga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Dibalaning turinliklar klubi bilan amaldagi shartnomasi muddati 2022 yilgacha tuzilgan.

Ko‘proq yangiliklar: