Isroilda harbiy vertolyot halokatga uchradi

Jahon 10:11 / 08.08.2017 4509

Isroildagi Ramon harbiy-havo bazasida Apache jangovar vertolyoti parvoz chog‘ida halokatga uchradi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, hodisa oqibatida 43 yoshli zaxiradagi uchuvchi mayor David Zoxar halok bo‘lgan. Ikkinchi uchuvchiga hech qanday zarar yetmadi.

Voqea yuzasidan surishtiruv ishlari boshlandi. Isroil harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligi tekshiruv davomida barcha jangovar vertolyotlarning parvoziga taqiq qo‘ydi.

Avvalroq AQSh HDKning bortida 26 kishi bo‘lgan konvertoplani Avstraliyada falokatga uchragandi.

Ko‘proq yangiliklar: