Chechenistonda samolyot trassada avtomobilga borib urildi

Jamiyat 00:49 / 08.08.2017 10156

Chechenistonning Shyolkovsk rayonida yengil motorli samolyot trassada avtomobilga borib urilgan. Voqeani o‘z telefonida suratga olgan Tvitter foydalanuvchisi Magomed Edilsultanov to‘qnashuv Chervlennaya aholi punkti yaqinida yuz berganini xabar qiladi.

Qutqaruv xizmatlarining TASSga xabar berishlaricha, to‘qnashuv natijasida samolyot uchuvchisi yengil jarohatlangan.

Samolyot uchish uchun muvaffaqiyatsiz urinishni amalga oshirgan va havoga ko‘tarilish asnosida avtomobilga borib urilgan. Samolyotning qanotlari va fyuzelajiga shikast yetgan. Qutqaruv xizmatidagilarning xabar qilishlaricha, uchuvchining parvoz uchun ruxsatnomasi bo‘lmagan.

Ko‘proq yangiliklar: