Avstraliya, BAA va Niderlandiyada giyohvand modda savdosiga aloqador 17 kishi qo‘lga olindi

Jahon 17:32 / 08.08.2017 1999

Avstraliya, BAA va Niderlandiyada politsiyachilar 17 kishini giyohvand moddalar kontrabandasi ishi yuzasidan tergov o‘tkazish doirasida qo‘lga oldi. Shuningdek, taxminan ikki tonna narkotik moddalar olib qo‘yildi.

Associated Press’ning ta'kidlashicha, Avstraliya hukumati ikki jinoiy sindikatga nisbatan ishni tergov qilgan. Ular o‘z noqonuniy faoliyatini uch davlatda olib borgan.

Xabar qilinishicha, o‘n kishi Sidneyda, besh nafari – Dubayda va yana ikkisi – Niderlandiyada qo‘lga olindi.

Qo‘lga olish chog‘ida aniqlangan giyohvand moddalarning umumiy qiymati 640 mln dollarga teng.

Avvalroq Filippindagi shahar hokimi giyohvandlikka qarshi reyd vaqtida o‘ldirilgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: