Turkiya «Yevrovideniye-2018» tanlovida ishtirok etishdan bosh tortdi

Jamiyat 19:51 / 07.08.2017 21636

Turkiya «Yevrovideniye-2018» tanlovida ishtirok etmoqchi emas, deb bayonot beradi mamlakat Bosh vaziri o‘rinbosari Bakir Bo‘zdog‘. Bu haqda dushanba kuni turk mahalliy nashrlari xabar tarqatgan.

Bo‘zdog‘ aynan nima sababdan Turkiya hukumati bunday qarorga kelganini ochiqlamagan.

Aytib o‘tish joizki, turklar ushbu musiqiy tanlovda ilk bor 1975 yili qatnashgan edi. Turkiyalik xonanda Sertob Erener esa 2003 yili tanlovda birinchi o‘rinni egallagan.

Turkiya mazkur tadbirda oxirgi marta 2012 yili ishtirok etgandi.

Ko‘proq yangiliklar: