MIB Samarqand tuman bo‘limi 29 ming kishiga qarzdorlik undirish yuzasidan talabnoma kiritdi

Jamiyat 19:33 / 07.08.2017 16049

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratruasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Samarqand tuman bo‘limi tomonidan joriy yilning iyul oyida tumanda gaz, elektr va suv ta'minoti korxonalari tomonidan iste'molchilarga kommunal xizmatlar ko‘rsatish va bu boradagi to‘lovlarni undirish borasida faoliyati tahlil qilindi.

Bo‘lim tomonidan elektr energiyasidan qarzdorligi mavjud 13.795 nafar iste'molchilarga nisbatan 22 mlrd. 737 mln. 695 ming so‘mlik, tabiiy gaz bo‘yicha 15.201 nafar iste'molchilarga nisbatan 18 mlrd. 495 mln. 890 ming so‘m qarzdorlikni undirish yuzasidan talabnomalar kiritilgan.  

Qarzdorlikni ish haqidan ushlab qolish bo‘yicha ish beruvchilarga 254 ta talabnomalar taqdim etilgan. Iyul oyi mobaynida elektr energiyasidan qarzdorligi va noqonuniy tarzda tarmoqqa ulanganligi sababli jami 293 nafar iste'molchilar, tabiiy gaz bo‘yicha 52 ta holatda qarzdorligi va noqonuniy ravishda tarmoqqa ulanganligi sababli iste'molchilar gaz tarmog‘idan uzilgan.  

Bo‘lim tomonidan iyul oyida tumanda iste'mol qilingan energiya resurslari uchun to‘lovlarni undirish borasida olib borilgan ishlar natijasida elektr energiyasi bo‘yicha 4 mlrd. 868 mln. so‘mdan, tabiiy gaz bo‘yicha 1 mlrd. 300 mln. so‘mdan ortiq qarzdorlik undirilgan.  

Majburiy ijro byurosi Samarqand tuman bo‘limi 3-4 avgust kunlari o‘tkazgan tadbir davomida 31 ta holatda qarzdor iste'molchilar va mavjud tarmoqlarga noqonuniy ulanish holatlari aniqlangan. 

Xususan, tumandagi “Samarqand Fruts” MJChga qarashli ishlab chiqarish korxonasi 25 million so‘m, “Metin tekstil” MChJga qarashli parrandachilik korxonasining 11.8 million so‘m qarzdorligi aniqlangan. Shuningdek, fuqaro Nabi Qosimovga tegishli oshxonada elektr tarmog‘i va gaz quvuriga noqonuniy ulanishi natijasida tabiiy gazdan 20.1 million so‘m, elektr energiyasidan 5.8 million so‘m zarar yetkazilgan. 

O‘tkazilgan reydlar davomida energiya resurslari iste'moli uchun jami 350 mln. so‘m miqdorda to‘lovlar undirilgan. 

Farhod NORBO‘TAYeV, 
jurnalist

Ko‘proq yangiliklar: