Estoniyada 202 nafar sovet askari qoldiqlari qayta dafn etildi

Jamiyat 00:30 / 06.08.2017 9130

Estoniyaning Sinimyae shahridagi birodarlik qabriga sobiq Ittifoqning 202 nafar askari qoldiqlari qayta dafn etildi. Bu haqda Delfi nashri xabar bermoqda

Ma'lum qilinishicha, sovet askarlarining qoldiqlari Kamerad klubi qidiruvchilari tomondan topilgan. Qoldiqlarni dafn etish marosimida Ikkinchi jahon urushi faxriylari va veteranlik tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.

"Biz bugun oxirgi yo‘lga kuzatib qolayotgan bu odamlarga hayot ekanimiz, yer yuzida farzandlarimiz va nabiralarimiz yashayotgani uchun minnatdormiz. Ular – Yevropani fashizmdan ozod qilganlar haqidagi xotirani yosh avlodga topshirishimiz kerak", deb aytgan rossiyalik vatandoshlar tashkiloti rahbari Grigoriy Rastegayev.

Marosimda rossiyalik diplomatlar, jumladan Rossiyaning Narva shahridagi bosh konsuli vazifasini bajaruvchi Yekaterina Andriyevskaya, konsul-maslahatchi Vladimir Malishev, attashe Aleksandr Shmatkov ishtirok etganlar.

Ko‘proq yangiliklar: