Uzoq tanaffusdan so‘ng Ayub Shahobiddinovdan yangi film - "Temur"

Jamiyat 17:02 / 04.08.2017 33800

Rejissyor Ayub Shahobiddinov badiiy rahbarligida "Temur" nomidagi yangi film suratga olinmoqda. Tasvirga olish ishlarining dastlabki qismi Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur filmning stsernariy muallifi Nodir Mo‘minov bo‘lib, unda bosh qahramonlarni Alixan hamda Elyor Mahkamovlar gavdalantirmoqda. Bosh rol ijrochisining Kun.uz muxbiriga bergan ma'lumotiga ko‘ra, kartinada nafaqat o‘zbek, balki Qozog‘iston, Rossiya, Hollivud aktyorlari ham ishtirok etadi. 

Kuz oyining o‘rtalarida katta ekranlarga chiqishi rejalashtirilgan "Temur" filmining voqealari xalqaro terrorizm va unga qarshi amalga oshirilayotgan ishlar haqida hikoya qiladi. Filmda vatanparvarlik, xoinlik, sadoqat tuyg‘ulari ilgari surilgan. 

Katta aktyorlar tarkibi orasida Mirza Azizov, Furqat Fayziyev, Boris G‘ofurjonovlarni ham uchratish mumkin. Shuningdek, kartinada barchaga sevimli "Abdullajon" filmida Abdullajon rolini ijro etgan Shuhrat Qayumov ham suratga tushmoqda. 

Hozirda suratga olish jarayonidan olingan dastlabki kadrlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: