Turkiya va Qatar qo‘shma harbiy-dengiz mashqlarini o‘tkazadi

Jahon 13:49 / 04.08.2017 4230

Qatar va Turkiya 6-7 avgust kunlari qo‘shma harbiy-dengiz mashqlarini o‘tkazadi, deb xabar bergan Qatar mudofaa vazirligi.

Mashqlar doirasidagi harakatlarni muvofiqlashtirish masalasi 31 iyul kuni Turkiya HDKning TCG Gökova kemasi bortida Qatar HDK qo‘mondoni kontr-admiral Muhammad bin Nosir al-Muhannadiy ishtirokida muhokama qilindi.

Kema kapitani – Hasan O‘zyurt Qatar HDK qo‘mondoniga texnologik holat va harbiy kemadagi qurol haqida axborot bergan.

Turkiyaning bortida 214 harbiy xizmatchisi bo‘lgan kemasi Doha janubi-sharqidagi Hamid portiga Turkiya va Qatar HDKning qo‘shma mashqlarida ishtirok etish uchun kelgan.

 

Ko‘proq yangiliklar: