Stallone: "Krid 2" filmida Rokki yana Ivan Drago bilan uchrashadi

Jamiyat 11:59 / 04.08.2017 9654

Silvestr Stallone ijrosidagi bokschi Rokki Balboa "Krid: Rokki merosi" (Creed, 2015) filmining davomida yana Ivan Drago bilan uchrashadi. “Rokki 4” (Rocky 4,1985) filmida sobiq ittifoqlik bokschining rolini asli kelib chiqish shvetsiyalik bo‘lgan amerikalik aktyor Dolf Lundgren o‘ynagan. Bu haqda Stallonening o‘zi TMZ internet sahifasiga xabar berdi.

"Men Dragoni yana bir karra jazolashim kerak", - dedi Slay. Uning tasdiqlashicha, Ivan Drago 2018 yilda ekranlarga chiqishi kutilayotgan "Krid 2"da paydo bo‘ladi. "Rokki 4"da sobiq ittifoqlik bokschi ringda amerikalik raqibi Apollo Kridni o‘ldiradi. Syujyetga ko‘ra, uning o‘g‘li Adonis Kridni Balboa shug‘ullantiradi hamda yosh bokschi yangi kartinada Dragoni jangga chaqirishi mumkin.

1946 yilda Nyu-Yorkda sitsiliyalik muhojir oilasida tug‘ilgan Stallone o‘z ijodiy faoliyati davomida 50 dan ortiq filmlarda suratga tushgan. U "Rokki" (Rocky) va "Rembo" (Rambo) kinoepopeyalardagi rollari bilan mashhur. 

Ko‘proq yangiliklar: