Qo‘ng‘irotda tabiiy gazdan qarzini to‘lashni so‘ragan MIB xodimini urgan fuqaro qamoqqa olindi

Jamiyat 13:45 / 04.08.2017 14093

Majburiy ijro byurosining Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasining Qo‘ng‘irot tumani bo‘limi davlat inspektori S.Masharipov (ismi-shariflar o‘zgartirilgan) tomonidan tumandagi "O‘rnek" MFYda yashovchi fuqaro X.Qabulovning tabiiy gazdan jami 312 ming 331 so‘m miqdorida qarzi bor ekanligi aniqlanib, uni tez kun ichida to‘lashi lozim ekanligi haqida rasmiy talabnoma bergan, deb yozadi Kruz.uz.

Shu vaqtda uy egasi xizmat vazifasini ijro etayotgan inspektor S.Masharipovni haqorat qilib, uni musht bilan bir marta urib, izidan quvib yetib, oyog‘i bilan tepib, kiyimlaridan tortib, hokimiyat vakiliga qarshilik ko‘rsatgan.

Bu holat bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro X.Qabulovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-bo‘limi va 277-moddasining 3-bo‘limi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olindi.

Ko‘proq yangiliklar: