Advokatlar palatasi va TDYuU o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekiston 15:35 / 04.08.2017 7821

Joriy yilning 4 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi va Toshkent davlat yuridik universitet tomonidan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Ushbu memorandumni asosiy maqsadlaridan biri - yuridik kadrlarni tayyorlash sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash, nazariya va amaliyotning uzviy bog‘liqligini ta'minlash hamda talabalarni amaliyot o‘tashi uchun kerakli bilim va ko‘nikmalarini shakillantirish, ularni kelajakda mukammal mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun poydevor yaratishdir.

Hamkorlik memorandumini imzolashga bag‘ishlangan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi advokatlar palatasi raisi R.Ahmedov va advokatlik tuzilmalari advokatlari, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari - Toshkent davlat yuridik universitet rektori Ye.Kanyazov, TDYuUning prorektorlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilari hamda faol talabalari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida Advokatlar palatasi va TDYuUning hamkorligini yangi bosqichga ko‘tarilgani va ushbu bosqich zamonaviy yuridik kadrlarni tayyorlashda muhim omil bo‘lib xizmat qilishi ta'kidlandi.

Jadal amalga oshirilayotgan islohotlar, sud-huquq sohasiga qo‘yilayotgan muhim talablar bo‘lajak yuridik kadrlardan nafaqat nazariy bilimlarni bilish, balki bu bilimlarni amaliyot bilan bevosita bog‘lashi, ularni qo‘llashi kabi muhim masalalarni qo‘ymoqda. 

Imzolangan memorandum ham aynan shu muhim masalalarni inobatga olgan holda TDYuU talabalarini advokatura tizimlarida samarali amaliyot o‘tashi; ishlarni sudda ko‘rilishida bevosita qatnashishi; xo‘jalik sub'yektlarini faoliyatiga ko‘mak berish; tegishli hujjatlar loyihalarini tayyorlashda; muzokaralar olib borishi va boshqa tadbirlarda qatnashishini belgilab qo‘ygan.  

Memorandum normalariga asosan hamkorlikda seminarlar, konferensiyalar, davra suhbatlari va usta-darslar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

TDYuU talabalarini qonunlarni bilishi, ularga sharh berishi, muammoli vaziyatlarni hal etishi va protsessual hujjatlarni tuzish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan Advokatlar palatasi tomonidan turli tanlovlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: