“O‘zbekkonsert” qoshida “O‘zbekiston xalq artistlari” klubi tashkil etiladi

Jamiyat 19:22 / 03.08.2017 11419

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 3 avgust kuni mamlakat ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashdi.

Tadbirda milliy taniqli madaniyat namoyandalari, atoqli shoir va adiblar, teatr, kino, musiqa san'ati sohasining atoqli hamda yosh vakillari, san'atshunos olimlar, jurnalistlar ishtirok etdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekkonsert” qoshida “O‘zbekiston xalq artistlari” klubini tashkil etish taklifini bildirdi. Ushbu klub a'zolari muntazam yig‘ilib, yurtimiz va jahon san'at olamida yuz berayotgan ijodiy jarayonlarni muhokama qiladi, yosh iste'dodlar tarbiyasi, madaniyatimizni ravnaq toptirish bo‘yicha yangi g‘oya, tashabbus va takliflar bildirib boradi. 

 

Ko‘proq yangiliklar: