Rossiyada benzinda ishlovchi avtomobillarning yirik shaharlar va kurortlarga kirishi cheklanishi mumkin

Jahon 14:23 / 03.08.2017 5935

Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev hukumatga elektr transporti uchun davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlov choralarini ishlab chiqish hamda ichki yonish dvigateliga ega avtomobillardan yirik shaharlar va kurortlarda foydalanishni cheklash bo‘yicha takliflar to‘plamini ko‘rib chiqish vazifasini topshirdi. Bu haqda «Izvestiya» nashri yozmoqda.

«Konsortsium va manfaatdor idoralar bilan birgalikda ishni tashkil etishni so‘rayman», - deyiladi topshiriq matnida.

Xabar qilinishicha, tegishli taklif «KamAZ» korxonasi bosh direktori Sergey Kogogin tomonidan ko‘rib chiqish uchun kiritilgan.

Shuningdek, u elektromobillar va gibridli avtomobillarga transport solig‘ining “nol” stavkasini o‘rnatiish, o‘rta muddatli davrda elektrotransport xarid qilishga yordam ko‘rsatish dasturini joriy etish, elektromobillar va gibridlarga bepul avtoturargohlar tashkil etish taklifi bilan chiqdi.

Ko‘proq yangiliklar: