Portugaliyada samolyot plyajda ikki kishini bosib ketdi

Jamiyat 09:35 / 03.08.2017 7058

Cessna yengil motorli samolyoti Portugaliya poytaxti Lissabon yaqinida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Favqulodda hodisa oqibatida ikki kishi, jumladan bir bola halok bo‘ldi.

Voqea Lissabondan 30 km uzoqlikdagi plyajda yuz bergan, deb xabar bermoqda The Independent nashri. Samolyot plyajga u yerda odamlar gavjum bo‘lganda qo‘ngan.

Samolyot qo‘nayotganda 8 yoshli qizchani va quyoshda toblanayotgan 50 yoshli erkakni bosib ketgan. Qizchaning ota-onasiga hech narsa qilmagan. 

Samolyot uchuvchisi va yo‘lovchi jarohat olmaganlar va politsiyaga yetkazilganlar. 

Ko‘proq yangiliklar: