Qatar Italiyadan harbiy suv kemalari xarid qilmoqchi

Jahon 18:37 / 02.08.2017 6871

Saudiya Arabistoni bilan diplomatik inqiroz yoqasida turgan Qatar hukumati keskin choralarni ko‘rib chiqmoqda. Rasmiy Doha Italiyadan 5 milliard yevro qiymatidagi yettita harbiy suv kemasi sotib olishga qaror qilgan. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Shayx Muhammad bin Abdulrahmon Al-Sani poytaxt Dohada italiyalik hamkasbi bilan uchrashuvi chog‘ida bayonot bergan.

"Biz Qatar harbiy-dengiz kuchlari nomidan savdo shartnomasini imzolamoqdamiz. Italiyadan sotib olinayotgan yettita suv kemasining umumiy qiymati besh milliard yevro atrofida baholangan”, - deb ta'kidlagan u.

AQShning mintaqadagi muhim hamkori hisoblangan mitti amirlik Saudiya Arabistoni tomonidan boshqarilayotgan blok “qamal“idan chiqib ketishga urinmoqda hamda barcha ayblovlarni rad etgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 iyun kuni Saudlar oilasi va uning ittifoqchilari, jumladan BAA va Misr ham Qatar bilan diplomatik aloqalarni noma'lum muddatgacha to‘xtatib qo‘ygan. Qatar rasmiylar faol terroristik guruhlarni moliyaviy qo‘llab turganlikda va Eron shialari bilan aloqada bo‘lganlikda ayblanmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: