Qatar arab davlatlari tomondan iqtisodiy qamal qilinganiga JSTga shikoyat qildi

Jahon 08:37 / 01.08.2017 4848

Qatar hukumati Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Misr va BAA tomondan iqtisodiy qamal qilingani yuzasidan Jahon savdo tashkilotiga shikoyat yo‘lladi.

Dohada aytilishicha, qamal savdo qoidalariga ziddir va intellektual mulk huquqlarini buzadi.

Agar 60 kunda kelishuvga kelinmasa, unda bahs JST doirasidagi alohida komissiya tomondan ko‘rib chiqiladi.

JSTda Dohaning shikoyati bo‘yicha hech qanday izoh berilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: