Yuriy Vlasko qotilligining tafsilotlari ma'lum bo‘ldi

Sport 09:30 / 31.07.2017 15674

Yevropaning erkin kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida ikki karra chempioni Yuriy Vlaskoning o‘limiga doir tafsilotlar ma'lum bo‘ldi. Ma'lumotlarga ko‘ra, unga ommaviy ur-yiqit chog‘ida halokatli jarohat yetkazilgan.

Avvalroq, xalqaro toifadagi sport ustasining jasadi o‘tkir tig‘li asbob bilan yetkazilgan jarohatlar bilan 29 iyulga o‘tar kechasi sohilbo‘yida topilgani aytilgandi. Bu xabarni Buryatiya Tergov boshqarmasi ham tasdiqlagan edi. 

«Yosh yigitga to‘dalarning o‘zaro to‘polonida og‘ir jarohat yetkazilgan. Ayni vaqtda, ziddiyat ishtirokchilari aniqlangan, gumondorlarni aniqlash bo‘yicha ish olib borilmoqda», — deya Buryatiya Tergov boshqarmasi rahbari katta yordamchisi Dmitriy Stolyarov so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Matbuotning yozishicha, Vlasko Ulan-Udeda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro o‘smirlar musobaqasi mehmonlariga mahalliy tabiatni ko‘rsatish uchun Baykal sohiliga borgan. 

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, arzimagan tortishuv yuz bergan, shundan so‘ng avtomobillarda qandaydir odamlar paydo bo‘lgan. Ular so‘zlashib ham o‘tirmasdan sovuq qurol yordamida sportchini jonidan mahrum qilishgan.

Sportchining do‘stlari jarohatlangan sportchiga yordam berishga urinishgan, ammo Vlaskoni saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan. 

Shu bilan birga, fojia guvohlariga ko‘ra, tashqaridan unga hech kim yordam bermagan.

«Unga hech kim yordam bermagan. Politsiya shifokorlarni kutdi. Sohil xizmati esa, voqealarning qarorgohi yaqinida sodir bo‘lganiga qaramay yordamga kelmadi. Sportchining do‘stlari 20 daqiqalardan so‘ng uni qandaydir mashinaga solishgan. Biroq, ular ulgurmasliklari aniq edi», — deya guvohlar so‘zlarini keltiradi Agirus.tv.

Ko‘proq yangiliklar: