Neymar ertaga «PSJ» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi

Sport 13:18 / 31.07.2017 7486

«Barselona» hujumchisi Neymar 1 avgust kuni Qatarda «PSJ» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Bu haqda Marca xabar tarqatdi.

Qatardagi Al Watan nashri xabariga ko‘ra, 25 yoshli braziliyalik futbolchi Dohada parijliklar klubi prezidenti Nosir Al-Helayfi bilan ham uchrashadi.

Bundan avvalgi xabarlarda Neymar 2 avgust kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, u «PSJ»ga transfer bo‘lsa, Parij klubiga egalik qiladigan Qatar Sports Investments kompaniyasi bilan ham shartnoma imzolashi aytilgandi. Kelishuvga ko‘ra, braziliyalik futbolchi Qatardagi 2022 yilgi jahon chempionati elchisi bo‘ladi, uning klubdagi yillik maoshi miqdori 60 mln yevro (5 yillik shartnoma orqali u 300 mln yevro ishlashi mumkin) bo‘ladi.

«PSJ» Neymarni 222 mln yevro evaziga xarid qilishi kutilmoqda.

Shuningdek, UYeFA «PSJ» bu futbolchini feyr-pley qoidalariga rioya qilgan holda sotib olishi uchun boshqa futbolchilarini 110 mln yevroga sotishi kerakligini bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: