Qatar: Bizning pozitsiya o‘zgarishsiz qoladi

Jahon 15:01 / 31.07.2017 4318

Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzgan qator arab davlatlari Dohaga nisbatan qanday qadamlar qo‘yilishi haqida aniq tasavvurga ega emas. Doha bilan munosabatlardagi keskinlikka qaratilgan kurs ichki sabablar tufaylidir. Bu haqda Qatar TIV rahbari Muhammad bin Abdurahmon Al-Taniy «Al-Jazira» telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Qatar diplomatiyasi rahbari Saudiya Arabistoni, BAA, Misr va Bahrayn TIV rahbarlari bilan Manamadagi uchrashuv yakunlariga izoh bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu uchrashuv qarama-qarshi izohlar bilan esda qoldi. «Avvaliga to‘rt davlat vakillari 13 ta talabdan iborat ro‘yxatning dolzarbligi yo‘qolganini ma'lum qilishdi, keyin esa Manamadagi uchrashuvda bu hujjatni yana faollashtirishdi», - deya aniqlik kiritdi Al-Taniy.

Shu bilan birga, vazirning ta'kidlashicha, Doha muammoni faqatgina diplomatik yo‘l bilan hal qilish tarafdori. «Dohaning pozitsiyasi inqirozning birinchi kunlaridanoq o‘zgarishsiz qolmoqda. Biz mamlakatimiz suverenitetiga hurmatga asoslangan yechimga chaqiramiz», - deya qayd etdi Al-Taniy.

Ko‘proq yangiliklar: