Saakashvili Poroshenkoni Ukraina prezidenti lavozimidan chetlatish bilan tahdid qildi

Jahon 08:40 / 30.07.2017 18812

Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili uning Kiyevga qaytishi ortida Pyotr Poroshenkoning Ukraina prezidenti lavozimidan ag‘darilishi yuz berishini aytdi.

Ukrainaning migratsiya xizmati 26 iyulda Poroshenko Saakashvilini Ukraina fuqaroligidan mahrum qilganini ma'lum qilgandi. Saakashvilining o‘zi AQShda ekanligini aytgan. Ukrainaning bir qator OAVlari u Ukrainaga qaytish istagidaligini ma'lum qilishgan. Saakashvilining advokati uning Ukrainaga qachon qaytishi haqida bilmasligini aytgan. Saakashvilining aytishicha, Poroshenko 7-19 iyul kunlari Gruziyaga tashrifi vaqtida Gruziyaning sobiq bosh vaziri, milliarder Bidzina Ivanishvili bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgan. Saakashvilining ta'kidlashicha, uchrashuv davomida ular gruziyalik prokurorlar Kiyevga Saakashviliga qarshi jinoyatlar bo‘yicha ayblovlarga asos bo‘ladigan soxta isbotlarni taqdim qilishga kelishib olganlar. 

“Poroshenkoga meni Kiyevda ushlab, Gruziyaga berish nafliroq bo‘lardi, biroq Ivanishvili mening Gruziyada bo‘lishimni istamayapti, bu unga muammo bo‘lardi. Baribir bu muammo uning oldida turadigan vaqt keladi, biroq mening kelishim boshqacha tarzda bo‘ladi», deb aytdi Saakashvili "Rustavi 2" telekompaniyasi efirida va boshlanishiga u va uning jamoasi “Kiyevda bir qator tadbirlarni amalga oshirishni” rejalashtirayotganini qo‘shimcha qilgan.

“Poroshenko mendan hech qanaqasiga qutulmadi, aksincha uning harakatlari barcha Ukraina muxolifatini birlashtirdi. Yangi tarixda yetakchi o‘z raqibini mamlakatdan chiqarib tashlashni istashiga, raqib esa qaytib, bu yetakchini ag‘darib tashlashiga ko‘plab misollar mavjud. Aynan shu hodisa Ukrainada yuz beradi. Mening kelishim ortida Poroshenkoning ag‘darilishi yuz beradi, biz Ukrainaga mutlaq boshqa lavozimlarga qaytamiz», deb qo‘shimcha qilgan Saakashvili. 

Ko‘proq yangiliklar: