Avstraliyada samolyotda tayyorlanayotgan teraktning oldi olindi

Jamiyat 07:40 / 30.07.2017 6038

Avstraliya bosh vaziri Malkolm Ternbull samolyotni yo‘q qilish bo‘yicha terrorchilik fitnasining fosh qilinganini ma'lum qildi. Bu haqda “Frans Press” axborot agentiligi xabar bermoqda. 

“Men shuni ma'lum qilishim mumkinki, o‘tgan tun maqsadi samolyotni qulatish bo‘lgan terrorchilik fitnasini yo‘qqa chiqarish bo‘yicha yirik aksilterrorchilik operatsiyasi o‘tdi֨, deb aytgan Ternbull jurnalistlarga.  

Uning ma'lum qilishicha, Sidneydagi reydlar davomida 4 kishi qo‘lga olingan. Avstraliyaning barcha aeroportlarida xavfsizlikning qo‘shimcha choralari kiritilgan.  Ternbullning aytishicha, hujumning ssenariysi bir terrorchi tomondan rejalashtirilgani dargumon.

Ma'lum qilinishicha, terrorchilar samolyotni qo‘lbola qurilma yordamida portlatmoqchi bo‘lishgan. Shu bilan birga terakt nishoni xalqaro yoki ichki reys samolyoti bo‘lgani haqida hukumatning aniq ma'lumoti yo‘q. Bu orada Daily Telegraph nashrining yozishicha, terrorchilar aynan ichki reysda terakt amalga oshirishni rejalashtirishgan. 

Politsiya komissari Endryu Kolvinning ma'lum qilishicha, ushlangan erkaklar islomchilik bilan undalgan fitna bilan bog‘langanliklari ehtimoli bor. Uning ta'kidlashicha, politsiya «hujum, u amalga oshirilmoqchi bo‘lgan joy, sana va vaqt» haqida ko‘p ma'lumotga ega emaslar, tergov esa “uzoq vaqt davom etadi va sekin boradi”. 

Ko‘proq yangiliklar: