Fransiyada o‘rmonlarga o‘t qo‘yishda gumonlanib 2 o‘smir qo‘lga olindi

Jamiyat 09:09 / 29.07.2017 3026

Fransiyada ikki o‘smir katta miqyosdagi o‘rmon yong‘inlarini keltirib chiqargan ataylab o‘t qo‘yishda ayblanmoqda. O‘smirlarga bu qilmishlari uchun 15 yillik qamoq jazosi berilishi mumkin.  

16 yoshli o‘smirlar 26 iyulda mamlakatning janubidagi Provans-Alplar — Moviy sohil hududidagi Martige shahrida ushlanganlar.

O‘smirlar Karro kommunasidagi o‘t qo‘yishlardan tashqari o‘g‘irlikda ayblanmoqdalar, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi. 

O‘smirlar ustidan sud jarayoni qachon boshlanishi hozircha ma'lum qilinmagan.

Fransiya janubidagi o‘rmon yong‘inlari iyul oylari o‘rtalaridan boshlangan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, tarqalishiga issiq havo va shamol ko‘mak berayotgan alanga 10 ming gektardan ko‘proq o‘rmonni yo‘q qilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: