Baykalda erkin kurash bo‘yicha Yevropa chempionining jasadi topildi

Jamiyat 19:18 / 29.07.2017 25637

Erkin kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida Yevropa chempioni 20 yoshli Yuriy Vlasko Buryatiya respublikasi Baykalbo‘yi tumani Goryachinsk qishlog‘ida o‘ldirib ketildi. Bu haqda Beshinchi kanal Buryatiya tergov boshqarmasiga asoslanib xabar qilmoqda. 

Uning jasadi ko‘l sohilida boshi va bo‘yni o‘tkir tig‘li qurol bilan kesilgan holda topilgan. 

Vlasko Ulan-Ude xalqaro musobaqasida qatnashadiganlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lgan. 

Tergovchilar qotillik yuzasidan tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda. 

1997 yilda tug‘ilgan Vlasko 2015 va 2016 yillarda Yevropa o‘smirlar o‘rtasidagi chempionatda 96 kgacha vazn toifasida chempion bo‘lgan. 

Ko‘proq yangiliklar: