Meksikadagi ko‘chalardan birida 9 kishining jasadi topildi

Jamiyat 11:05 / 28.07.2017 4670

Meksikaning Tamaulipas shtatidagi Nuevo-Laredo shahri ko‘chalaridan birida to‘qqiz kishining jasadi topildi. Bu haqda W Radio mahalliy xavfsizlik xizmati vakili Luis Alberto Rodrigesga asosan xabar qilmoqda.

«Tamaulipas bosh prokuraturasi Nuevo-Laredoda to‘qqiz kishining o‘ldirilishi tufayli tergov boshladi», - deya aytib o‘tgan Rodriges.

Ta'kidlanishicha, jasadlar yonida maktub ham bo‘lgan, biroq unda nima yozilganini o‘qish imkonsiz bo‘lib chiqqan.

Qurbonlarning shaxsi aniqlanmoqda.

Avvalroq Meksikada jinoyatchilardan qochib ketgan politsiyachilar 27 yilga qamalgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: