Dibala «Barselona»ga o‘tish ehtimoli haqida gapirdi

Sport 11:30 / 28.07.2017 11650

«Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala boshqa klubga o‘tishi mumkinligini inkor qilmadi. Oldinroq matbuotda unga «Barselona» jiddiy qiziqayotgani xabar qilingandi.

«Barselona» va «Real» kabi klublardan qiziqish bo‘layotgani kishini xursand qiladi. Bu sen o‘z ishingni to‘g‘ri bajarayotganingni bildiradi. Ammo shu bilan birga bu qiziqishlarning qanchalik haqiqat ekani ham muhim. Chunki transferlar oynasi vaqtida juda ko‘p bu kabi turli mish-mishlar tarqaladi. Men bu kabi mish-mishlarni surishtirib yuradiganlar toifasidan emasman.

Hozir «Yuventus»da o‘zimni baxtiyor his qilmoqdaman va kelgusi mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun mashg‘ulotlarga zo‘r bermoqdaman. Agar kimdandir taklif tushsa, klub meni boxabar qiladi va  ketish yoki qolish istagimni so‘raydi.

«Barselona»ning qiziqishi? Barchasi klubga bog‘liq. Undan keyin menga», — degan Dibala Sky Sport Italia nashriga bergan intervyusida.

Dibala «keksa sinora» bilan 2022 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga ega.

Ko‘proq yangiliklar: