Sug‘urta polisini yetkazib berish xizmati - bu qulay va oson!

Jamiyat 11:18 / 27.07.2017 10717

Har bir haydovchi «yo‘l - bu yuqori xavf maydoni» ekanligini yaxshi biladi. Haydovchilik tajribangiz qanchalar katta bo‘lmasin, avtoulovingizni qanchalar ehtiyotlik bilan boshqarmang, baxtsiz hodisa va uning oqibatida ko‘riladigan zarar va keyingi xarajatlardan hech kim kafolatlanmagan. Avtoulovni boshqarish barcha yo‘l harakati ishtirokchilari uchun yuqori xavf bilan bog‘liq. Avtoulovni boshqarayotgan vaqtda yoningizda “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish” polisining mavjudligi- nafaqat biror- bir Yo‘l transporti hodisasi natijasida keltirilgan zararni sug‘urta kompaniyasi tomonidan jabrlanuvchi (uchinchi shaxs)ga zararni qoplab berilishidagi ishonch, balki Yo‘l harakati qoidalarida belgilangan haydovchining majburiyatidir.

«Universal sug’urta» AJ o‘zining hamkorlari bilan birgalikda Farg‘ona viloyatida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish polislarini rasmiylashtirish va yetkazib berish sinov loyihasini ishga tushirganini e'lon qiladi.

Ushbu sinov loyiha doirasida transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish polisi mijozlarning “Telegram” ilovasi orqali arizasi ro‘yxatga olinganidan so‘ng kelasi kuni ularga qulay bo‘lgan joy va vaqtda bepul yetkazib beriladi. Mijozlar o‘z arizasi va kerakli hujjatlarini yuborganlaridan so‘ng ma'lumotlar o‘rganiladi va 1 kun yoki 24 soat ichida “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish” polislari yetkazib beriladi. Arizalarni qabul qilish xizmati tunu- kun ishlaydi, undan tashqari mijozlarimiz «Universal Sug‘urta» mobil ilovasini «Play Market» va “AppStore” ilova do‘konlari orqali bepul yuklab, mobil tizimidan foydalanishlari ham mumkin.

Loyihaning asosiy g‘oyasi- ushbu hudud aholisiga “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish” polislarini sotib olish jarayonini yengillashtirish, xususan ushbu loyiha mijozlarimizga o‘ziga qulay bo‘lgan joyda: uyda yoki boshqa bir internet aloqasi mavjud bo‘lgan joyda va vaqtda “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish” polisini rasmiylashtirish imkonini beradi; va albatta ularning vaqtlarini tejaydi.

Sinov loyihasi Farg‘ona viloyatida o‘z faoliyatini boshladi, shu bilan birga «Universal Sug‘urta» AJ O‘zbekiston Respublikasining boshqa viloyatlarida ham ushbu xizmatni joriy etish rejasini yaqin kelajakda amalga oshirish harakatida.
Biz mijozlarimizni va ularning vaqtini qadrlaymiz, shuning uchun sug‘urta bozorida eng yaxshi xizmat va eng qulay sharoitlar taklif etamiz. Sug‘urta polisini yetkazib berish xizmati - bu qulay va oson!

Sayt: www.uns.uz
Telefon: +99871 202 23 23
+99897 4170707

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: