Mahmud Abbos falastinliklarni Ibodat tepaligiga qaytishga chaqirdi

Jahon 14:28 / 27.07.2017 7801

Falastin prezidenti Mahmud Abbos musulmonlarni Ibodat tepaligini boykot qilishni to‘xtatishga chaqirdi. Bu Isroil muqaddas joy hududida metalltopgichlarni olib tashlash haqida qaror qabul qilgach ro‘y berdi, deb xabar bermoqda The Times of Israel.

Al-Quds muftiysi Muhammad Hussayn ham falastinliklarni Ibodat tepaligida joylashgan Al-Aqso masjidiga qaytish va u yerda namoz o‘qishga chaqirdi.

Isroil Ibodat tepaligiga kiraverishda metalltopgichlar hamda kameralardan Falastin va uning aholisi tomonidan norozilik bildirilgach voz kechishga qaror qildi.

Shu bilan birga, Falastin diniy arboblari musulmonlarni aynan Al-Aqso masjidiga namoz o‘qish uchun kelishga chaqirishgan.

Ko‘proq yangiliklar: